2015 yil 7 noyabr kuni Rossiya poyxtaxti Moskva şahridagi Xalqaro musiqa uyining Svetlana zalida Özbekistonda xizmat körsatgan xonanda Sevara Nazarxonning katta yakkaxon konserti bölib ötadi.

Sevara Nazarxon Özbekiston davlat konservatoriyasining mumtoz opera yönalişida tahsil olgan. U öz faoliyati davrida taniqli ingliz musiqaşunosi Piter Gebriel bilan birga köplab ijod namunalari ustida iş olib bordi. Bir neça yillar davomida Markaziy Yevropa va Osiyo böylab gastrol konsertlarini ötkazdi va maşhur BBC World Music Award tanlovining eng yaxşi osiyolik qöşiqçi (“Best Asian Artist”) mukofotini qölga kiritgan.

Rossiyalik musiqa işqibozlari esa Sevara Nazarxonni “Golos”, “Vyşka”, “Toç-v-toç”, “Tantsy so zvezdami” teleloyihalari orqali yaxşi tanişadi.

7 noyabr kuni bölib ötadigan konsertda xonanda rus tilidagi “Tak legko” va “Pisma” albomlaridan örin olgan maşhur kompozitsiyalarini ham ijro etadi.