Bloomberg jurnalistlari Xitoyda AQŞning Goldman Sachs kredit taşkilotiga umuman aloqasi bölmagan Goldman Sachs nomli bankni aniqlaşdi. Aniqlangan bank nomlanişida AQŞ banki logotipidagi kabi şriftlardan foydalanilgan va uning nomining aynan özi lotin va xitoy yozuvidagi şriftlarda yozilgan.
Xitoydagi Goldman Sachs nomlanişida qavs içida Şençjyen – uning qarorgohi joylaşgan şahar nomi yozib qöyilgan. Şu bilan bir vaqtda ikkala bankda ham ularga nomlanişdagi bir xillik borasida birinçi bor murojaat qilinayotganini aytişgan.
Xitoydagi soxta Goldman Sachs banki haqida AQŞ kazinolar xodimlari kasaba uyuşmasi Xitoy hukumatiga Makaodan bölgan öyin magnati Çen Çi-Tayning tuzilmalari ustidan şikoyat qilganlaridan keyin ma'lum bölgan. Çi-Tay ayni paytda Xitoy jinoiy guruhlari – triadalar bilan aloqadorlikda ayblanib, sudlanişini kutmoqda. Bank şu magnat bilan boğlangan deb hisoblanmoqda.
Avvalroq Xitoy janubida China Construction Bank’ning (Xitoyning eng yirik törtta banklari qatoriga kiruvçi kredit taşkiloti) soxta bölimi oçilgani ma'lum qilingandi. Uşbu holat yuzasida noqonuniy bank faoliyati bilan şuğullanganlik uçun Şandun viloyatining 39 yoşli fuqarosi hibsga olingan.
Ötgan asrning 80-yillaridan boşlab köpçilik xitoylik tadbirkorlar özgalarning brendlaridan noqonuniy nusxa köçirgan holda faoliyat yuritib keladilar. Köpinça bunday qalbaki mahsulotlar nomlanişida biroz ögartiriş yoki umuman heç qanday özgartirişsiz çiqariladi. Boz ustiga bunday qalbaki mahsulotlar asl mahsulotlardan bir neça barobar arzon turadi.






