Boşqirdistonda öquvçilarning har kungi ratsioniga asal qöşilişi mumkin, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. Bunday taklifni respublika rahbari Rustam Hamitov bildirgan.
“Asal maktab taomnomasiga kiritilişi mumkin, öquvçilarga har kuni germetik idişga solingan 2-5 gramm asal beriş rejalaştirilmoqda”, deb aytdi jurnalistlarga Hamitovning matbuot kotibi Artyom Valiyev.
Valiyevning aytişiça, asal yetkazib beruvçi taşkilot sifatida “Başkirskiye paseki” kompaniyasi tanlandi. Kompaniyada ta'kidlanişiça, asal aynan kimning hisobiga – davlat yoki ota-onalarning hisobiga berilişi masalasi körib çiqilmoqda.
Hamitovning taklifini Boşqirdiston poytaxti – Ufaga işçi taşrif bilan kelgan Butunjahon asalariçilik uyuşmalari federatsiyasi rahbari Jil Ratia qöllab-quvvatladi. Ratianing aytişiça, bu Boşqirdistonda asalariçilikning rivojlanişiga yordam beradi va bolalar uçun eng yaxşi diyetani şakllantiradi. Ratianing ta'kidlaşiça, ozgina miqdordagi asal şakardan köra ança foydaliroqdir.






