Ispaniyaning "Sevilya" jamoasida öynagan, transfer huquqi "Barselona"ga tegişli bölgan Denis Suares "Vilyarreal" jamoasi safiga borib qöşildi. Bu haqda "sariq submarinalar" jamoasining rasmiy saytida xabar qilingan.
Ma'lum bölişiça, u yangi jamoasi bilan 4 yillik şartnoma imzolagan.
Ma'lumot uçun, 21 yoşli bu futbolçi ötgan mavsumda "Sevilya"da ijara asosida harakat qilib, 31 öyinda 2ta gol urgan va 4ta golli pas uzatgan.






