Jizzaxda singlisining farzandini 8 ming dollarga pullamoqçi bölgan opa-singillar jinoyat ustida qölga olindi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

Azima Oçilovaning 2 nafar farzandli bölib, eridan ajraşib ketgan edi. Buning ta'sirida uning singlisi Vasilaga ham sovçi kelmayotgan edi. Oradan bir munça vaqt ötib, Azima singlisining homilador bölib qolganini sezib qoldi. Lekin homila 8 oylik bölgani bois uni oldirib taşlaşning iloji yöq edi.

Bir kuni Azima Zumrad Mirkomilova degan ayol bilan tanişib qolib, uning farzand asrab olmoqçi ekanligini, lekin bu jarayon murakkabligi bois haligaça boqib ololmaganini bildi va singlisining qornidagi bolani unga sotişga qaror qildi.

Azima singlisi Zamira bilan kelişib, pul masalasini Vasiladan yaşirişdi va Mirkomilova bilan “savdolaşa” boşlaşdi. Dastlab farzand evaziga 9 ming dollar söralgan bölsa, söng narx 8 ming dollarga tuşirildi. Bundan şubhalangan Mirkomilova tegişli idoralarga murojaat qildi. Ular, öz navbatida, firibgarlarni jinoyat ustida qölga oliş rejasini tuzişdi.

Vasilaning közi yorigaç, uning opasi va singli Zumrad Mirkomilovadan pul söray boşlaşdi. Firibgarlar Mirkomilovadan 8 ming dollar berayotgan paytda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qölga olindi.

Sud Azima va Zamira Oçilovalarga 6 yildan qamoq jazosi tayinladi.