Olti kişi bir yil davomida diametri 11, balandligi 6 metr bölgan gumbaz içida toza havo va odatiy taomlardan mahrum holda yaşaşni boşladi.

“Frantsuz astrobiologi, nemis fizigi hamda tört amerikalik — uçuvçi, arxitektor, şifokor va tuproqşunos köngilli ravişda bir yil davomida taşqi muhitdan uzilgan holda yaşaydi. Ular 12 oy davomida Gavayi orolidagi Mauna-Loa toğining şimoliy nişabiga joylaştirilgan diametri 11, balandligi 6 metr bölgan gumbaz içida turli tadqiqotlarni olib borişadi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, tadqiqotning har bir iştirokçisiga minimal şaroit yaratilgan xona ajratilgan bölib, ular 365 kun davomida kukunsimon pişloq va konservalangan tunets baliği bilan kun keçirişadi. Gumbazdagi hayot tarzi Marsdagi şaroitlarga maksimal darajada yaqinlaştirilgan. Tadqiqot iştirokçilariga, şuningdek, internetdan çeklangan miqdorda foydalanişga ruxsat berildi.

Odamlar gumbaz taşqarisiga faqatgina maxsus skafandrlarda çiqişlari mumkin. Mauna-Loa toğlarida ösimliklar deyarli ösmagani, hayvonlar butunlay uçramasligi sababli atrof Mars sathiga juda öxşaş.

Tadqiqot qatnaşçilaridan biri Şeyn Giffordning öz blogida yozişiça, uşbu olti nafar kişi öz xohişiga köra dunyo çegaralarini tark etib, uni butunlay özgartirişni istaydi.

Arxitektor Tristan Bessingveyt esa Yer va taşqi olamlardagi murakkab şaroitlarda odamlar yaşaşi uçun imkoniyatlarni oşiriş böyiça arxitekturaviy usullarni tadqiq qilişini ma'lum qilgan.
“Mars missiyasi”ning asosiy vazifasi esa insonlarning uzoq davr mobaynida toza havo va odatiy ozuqalarsiz yaşay oliş-olmasligini örganişdan iborat.