Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nyu-Yorkda sentabr oyida ötadigan BMT Boş assambleyasining 70-sessiyasida Rossiya delegatsiyasiga boşçilik qiladi. Putinning bu haqdagi tegişli buyruği huquqiy axborotlar rasmiy portalida çop etildi.
Hujjat bilan Putin boşçiligidagi 10 kişidan iborat delegatsiya tarkibi tasdiqlandi. Delegatsiya tarkibiga Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov va uning örinbosari Gennadiy Gatilov, Putinning yordamçisi Yuriy Uşakov, Federatsiya kengaşining xalqaro işlar böyiça rahbari Konstantin Kosaçev, Davlat dumasining xalqaro işlar böyiça raisi Aleksey Puşkov, Rossiyaning AQŞdagi elçisi Sergey Kislyak, Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Çurkin, Taşqi işlar vazirligining xalqaro taşkilotlar departamenti rahbari Aleksandr Pankin va Qurollarni tarqatmaslik va nazorat qiliş masalalari böyiça departamenti direktori Mixail Ulyanov kirdi.
BMT Boş assambleyasining 70-sessiyasi 15 sentabrda BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida oçiladi. Sessiya doirasida 25-27 sentabr kunlari bölib ötadigan sammitda 2015 yildan keyingi rivojlaniş böyiça rezolyutsiyani qabul qiliş rejalaştirilgan. Söngra umumiy muzokaralar boşlanadi va sessiya işi 6 oktabrda öz nihoyasiga yetadi. Putin Nyu-Yorkdan ketgandan keyin Rossiya delegatsiyasiga boşçilik qiliş Lavrovga ötadi.






