“Oltilik” davlatlari va Eron örtasidagi Eron yadro dasturi töğrisidagi kelişuv Tehronga terrorçilik faoliyatlarini köproq mablağ bilan qöllab-quvvatlaşga imkon tuğdiradi, dedi Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu.
“Sanktsiyalarning olib taşlanişi va investitsiyalar şarofati bilan Eron özining Yaqin Şarq, Şimoliy Afrika va boşqa xorij mamlakatlaridagi tajovuzkor terroristik faoliyatini yuz milliardlab dollar bilan ta'minlaş imkoniyatiga ega böladi”, – dedi u Italiyaga taşrifi çoğida.
Netanyaxu Eron “IŞID”dan köra köproq xavf tuğdirişiga işonç bildirdi, deya xabar berdi “Interfaks”.






