Afğoniston din peşvolari mamlakat hududida tinç aholini öldirayotgan Tolibon jangarilarining xatti-harakatlariga qattiq norozilik bildirmoqda.
Avgust boşida Kobulda uyuştirilgan terrorçilik aktlari 70 kişini hayotdan olib ketdi. Bu holat din peşvolarining keskin noroziliklariga sabab böldi.
Köplab taniqli diniy ulamolar bu borada çiqişlar qilişdi va Tolibonga qarşi kuraşda din kuçini işga solişga çaqirişdi.
Jumladan, Tolibon rahbari Mulla Axtar Muhammad Mansur özini iymonlilar yetakçisi deb e'lon qilgani din olimlarida savollar uyğotmoqda.
“Insonlardan yaşirinib yurgan odam bunday deb e'tirof etişi mantiqqa mos kelmaydi”, - dedi ulamolardan biri mahalliy telekanalga bergan intervyusida.
Maydon Vardak ulamolar kengaşi raisi Mulviy Azizurrahmon Sodiqiyning ta'kidlaşiça, dindorlar tölaligiça hukumatni va qöşinlarni qöllab-quvvatlaydi, axir ular mamlakatda tinçlik örnatiş yölida harakat qilmoqda.






