"Yuventus" "Inter"dan braziliyalik yarimhimoyaçi Ernanesni sotib olganini rasman e'lon qildi.
Xabar qilinişiça, 30 yoşli futbolçi bilan 3 yillik şartnoma tuzilgan. "Yuventus" uning transferi uçun 11 mln yevroni 2 yil davomida tölaşi nazarda tutilgan. Şuningdek, "Inter"ga qöşimça bonuslar sifatida yana 2 mln yevro berilişi mumkin.
Italiyadagi faoliyatini "Latsio"da boşlagan futbolçi 2014 yilda "Inter"ga ötgan ğamda mavsum davomida 26 öyinda iştirok etib, 5ta gol va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.






