Moskvadagi Zurab Tsereteli nomidagi san'at galereyasida Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining otasi, Rossiya badiiy san'at akademiyasi faxriy a'zosi Pal Sarkozining körgazmasi oçiladi. Bu haqda akademiya matbuot xizmati xabar berdi.
Ijodkor 1 sentabr kuni boşlanadigan körgazmaning oçiliş marosimida iştirok etişni rejalaştirmoqda. “Agar közda tutilmagan vaziyat bölib qolmasa, u öz körgazmasining oçilişida qatnaşadi”, - deyiladi xabarnomada.
Uning oxirgi körgazmasi Moskvada 2011 yili bölib ötgan edi.
Tadbir taşkilotçilarining ta'kidlaşiça, yaqinda san'atkor Art Dominos körgazmasini yaratib, unda turli millat va madaniyat vakillarining portretlarini joylaştirişni rejalaştirgan. Moskvadagi körgazmada 70ta iş taqdim etiladi, ularda Pal Sarkozining oxirgi yillardagi ijodi namunalari aks etadi.
Pal Sarkozi venger aristokratlari oilasi vakili bölib, xorijiy legionda xizmat qilgan. U, şuningdek, biznesmen sifatida ma'lum. Uning beş nafar farzandidan biri, Nikolya Sarkozi, 2007-2012 yillarda Fransiya prezidenti bölgan.






