Seşanba, 1 sentabr kuni sönggi uç savdo sessiyasi davomida 25 foizga qimmatlagan xom aşyo bahosi yana pastlaş yöliga ötib oldi, deya xabar berdi Bloomberg agentligi.

Toşkent vaqti bilan 10:00da tuzilgan oktabr oyi şartnomalarida Brent rusumli neftning bir barreli (159,988 litr) bahosi 3 foiz yoki 52,57 dollargaça pasaydi.

Oktyabrda yetkazib beriluvçi WTI toifali xom aşyo narxi ham 3 foizga arzonlab, bir barrel uçun 47,68 dollardan taklif qilindi.

Seşanba kuni AQŞ neft zaxiralari töğrisidagi yangi ma'lumotlar e'lon qilinişi lozim. Tahlilçilar esa zaxiralarning ortişi mumkinligini başorat qilmoqda. Bu esa, öz navbatida xom aşyo narxining arzonlaşuviga olib keldi.

OPeK boşqa neft qazib oluvçilar, şu jumladan, AQŞ va Rossiya bilan xom aşyo qazib olişni qisqartiriş haqida bitim imzolaşi töğrisidagi xabarlardan söng neft bahosining qimmatlaşi kuzatilgan edi.

Biroq bozor iştirokçilari neft qazib olişni qisqartiriş borasida juda kam alomatlar borligini aytib ötişgan.

Sönggi uç savdo sessiyalari vaqtida neft narxining 25 foizga ortişi esa ötgan asrning 90-yillaridan keyingi rekord daraja hisoblanadi.