Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu Moskva suvorov bilim yurtiga taşrifi vaqtida törtinçi avlod tarbiyalanuvçisi Ivan Torgaşkinga öz soatini hadya qildi, deya xabar berdi «Russkaya slujba novostey».

“Judayam xursandman, oçiği, vazirning özi qölidagi soatini yeçib, menga sovğa qilişini kutmagandim. Katta bobom, bobom va otam suvorovçi bölgani uçun men ham uni tanladim. Bobom va dadam podpolkovnik bölgan, oilada general ham bölişi kerak-ku”, – dedi bolakay.

Kadetning onasi Natalya Torgaşkinaning ma'lum qilişiça, Şoyguning sovğasi — Rossiya Mudofaa vazirligining oddiy soatidir.

“Unda şunçaki “Mudofaa vazirligi” deb yozib qöyilgan. Endi Vanya uni öz öğliga beradi”, – dedi ona.