Sirdaryoning Yangiyer tumanida istiqomat qiluvçi oilada yuzaga kelgan kelişmovçilik oqibatida oila rahbari halok böldi. Voqea tafsilotlari “Postda” gazetasida yoritildi.

Aytilişiça, Mirali ismli şaxs bir neça yilga çet elga ketgan paytida uning rafiqasi Maktuba Soyib ismli yigit bilan topişib qolgan. Ular uzoq vaqt uçraşib yurişgan.

Mirali çet eldan qaytib kelgaç, Maktuba öynaşiga erini öldirib, mol-mulkiga ega çiqişni taklif qilgan. Rafiqasidan gumonsirab yurgan Mirali bir kuni qarindoşining töyidan ertaroq çiqib, uyiga kirib kelganida rafiqasini jazmani bilan tutib olgan. Vaziyatdan foydalangan Soyib va Maktuba Miralini kaltaklab, öldirişgan. Ertasiga Maktuba IIBga borib, tunda noma'lum şaxslar uning uyiga bostirib kirganini va erini öldirib ketganini aytgan.

Voqea joyiga yetib borgan tergovçilar suriştiruv işlaridan söng ayolning yolğon guvohlik berganini aniqlab, uning özini javobgarlikka tortgan.
Voqea yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan.