Bugatti kompaniyasining yangi giperkari – Chiron’ning narxi 2.2 mln yevroni taşkil qiladi. Bu haqda Car naşri xabar bermoqda. Qiyos uçun, 10 yil muqaddam çiqarilgan dastlabki Veyron’larning narxi 1.3 mln yevroga teng edi.

Ayni kunlarda kompaniya öz ştab-kvartiralarida modelning potensial mijozlarga möljallangan yopiq taqdimotini ötkazmoqda. Modelning ommaviy debyuti keyingi martida Jyeneva motorşousida ötkaziladi.
Yangi giperkar 1.5 ming ot kuçiga ega kuç qurilmasi bilan jihozlanadi. Uning tarkibiga 8 l li W16 dvigateli 7 diapazonli robot ötkazmalar qutisi kiradi.

Chiron 2.3 sekundda 100 km/soat tezlikka erişadi. Maşinaning maksimal tezligi 440 km/soatni taşkil qiladi, ammo spidometr 500 km/soatga möljallanadi.
Maşina 500 adadda işlab çiqariladi.