«Yuventus» klubi «Marsel» yarim himoyaçisi Mario Leminani ijaraga oldi. Bu haqida turinliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.
22 yoşli futbolçi 1 yil davomida «Yuventus» şarafini himoya qiladi. Buning uçun «byankonerilar» 30 sentabrga qadar «Marsel»ga 500 ming yevro tölaşi lozim.
«Yuventus» keyinçalik Leminaning transfer huquqini 9,5 million yevro evaziga sotib olişi mumkin. Öyinçi ijara davrida ma'lum yutuqlarni qölga kiritsa, transfer summasi yana bir millionga oşişi aytilgan.
Öz navbatida «Marsel» turinliklardan Paolo de Çele va Maurisio Islani ijaraga olişdi. Fransiyaliklar Islaning transferini 7 million yevroga sotib olişlari mumkin.






