Rossiya joriy narxlarda neft qazib olişga investitsiyalarni köpaytiriş niyatida emas. Bu haqda Rossiya boş vaziri örinbosari Arkadiy Dvorkoviç ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Neftning hozirgi narxlarida tabiiyki qiyin boriluvçi konlar, alohida yangi loyihalarga investitsiyalar hajmi kamayadi va bu öz ortidan yöq deganda köpaymaslikka olib keladi. Balki u kamaymasligi ham mumkindir, biroq kiçkina pasayişning doimo imkoni bor, biroq köpayişi dargumon” deb aytdi Dvorkoviç.

Şu bilan birgan Rossiya neft oliş hajmini kamaytirişni istamayapti. Bu haqda hukumat investorlarga aytmoqda.

“Neft narxi uzoq vaqt past darajada davom etsa, avvalgidek bölganidek, neft qazib olişda ham pasayiş bölişi mumkin. Biroq şunga qaramasdan, neft qazib olişda qandaydir pasayişlarni körmayapman”, deb qöşimça qildi Dvorkoviç.