Google kompaniyasi özining yangi logotipini namoyiş qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Kompaniya katta miqyosdagi restrukturizatsiyadan bir oy ötib, logotipini özgartirdi. Yangi logotip hanuzgaça kompaniyaning tovar belgisi hisoblanadi, biroq kertiksiz şrift va biroz yumşoqroq ranglar bilan zamonaviyroq körinmoqda. Logotip Google’ni avgust boşida yutib yuborgan Alphabet inc. kompaniyasining logotipi uslubida bajarilgan. Google oxirgi martda özining belgisini 2014 yilning mayida undagi harflarni ikki pikselga surib özgartirgan edi.