Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan 2015 yil 2 sentabr kuni Pekin şahriga jönab ketdi. Bu haqda UzA xabar berdi.

Özbekiston rahbari taşrif doirasida Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 70 yilligiga bağişlangan tantanali marosimlarda iştirok etadi, Xitoy rahbariyati bilan uçraşuvlar ötkazadi.

Ikkinçi Jahon uruşidagi ğalaba, şuningdek, Xitoy xalqining Yaponiya agressiyasiga qarşi kuraşdagi ğalabaning 70 yilligi munosabati bilan ötkaziladigan uşbu paradda 30dan ortiq mamlakat rahbarlari iştirok etişi ma'lum qilingan.

XXR Davlat kengaşi devonxonasining ma'lum qilişiça, tadbirda jami 49 mamlakat vakillari iştirok etadi.

3 sentabr kuni Tyananmen maydonidan 12 ming askar va zobit parad bilan ötadi. Paradga, şuningdek, 200 donadan yer usti texnikasi va samolyot jalb qilinadi.

Paradni tayyorlaşga rahbarlik qilayotgan general-mayor Tsyuy Juyning ma'lum qilişiça, paradda iştirok etadigan texnikaning 84 foizi birinçi marta namoyiş etiladi.