"Real" jamoasining matbuot xizmati "MYu"dan darvozabon David De Xeaning transfer qilinişi böyiça muvaffaqiyatsizlikka uçralganiga izoh sifatida bayonot bilan çiqdi.
10ta banddan iborat bu bayonotda transfer jarayoni bayon etilgan va transferning amalga oşmay qolganida madridliklarning aybi yöqligi keltirib ötilgan. Quyida uşbu bayonotning sabablar yozilgan asosiy 8ta bandi bilan tanişiş mumkin.
1. "Mançester Yunayted" 31 avgust kunigaça muzokaralarni boşlamagan.
2. De Xeani Navas bilan almaştiriş böyiça kelişuvga tez vaqt içida kelingan, 31 avgust kuni soat 13:39da (Madrid vaqti) "Real" "MYu"ga birinçi şartnoma matnini yuborgan.
3. "MYu" bunga javobini 8 soat ötganidan söng qaytargan, keçki soat 21:43da (Madrid vaqti) qaytarilgan javobda inglizlar şartnomada bir neça özgartirişlarni kiritişgan, ispanlar bu özgartirişlarni qabul qilgan.
4. Bu hujjat De Xea va Keylor Navas tomonidan imzolangan. Şundan söng şartnoma Madrid vaqti bilan soat 23:32da "MYu" ofisiga jönatilgan. Endi "MYu" rahbariyatining imzosi qöyilişi qolgandi.
5. "MYu" Navasning agenti bilan soat 23:53da şaxsiy şartnoma böyiça kelişuvga erişadi.
6. "MYu" Madrid vaqti bilan soat 00:00da De Xea haqidagi ma'lumotlarni FIFA TMS tizimiga kiritadi va hujjatni "Real" ofisiga jönatadi. "Real" bu hujjatni soat 00:02da qabul qilib oladi va FIFA TMS tizimiga ulanişga harakat qiladi, lekin tizim öçirib bölingandi.
7. Soat 00:26da "Real" tizimga ulanişga muvaffaq böladi va şartnoma hujjatlarini La Ligaga jönatadi, lekin La Liga vaqt tugaganini ma'lum qiladi.
8. "Real" bu transfer böyiça barça işlarni öz vaqtida bajargan.
Eslatib ötamiz, David De Xeaning transferi böyiça bir neça oylardan beri muhokama va muzokaralar ötkazildi va yakunda muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Avvaliga "MYu" darvozabonni 25 mln yevro evaziga sotgani haqida xabar qilingandi.
Ammo Ispaniyada yozgi transferlar dariçasi yopilib qoldi va "Real" De Xeani La Liga uçun qaydnomadan ötkazişga






