Acer kompaniyasi modulli bloklardan yiğiluvçi Revo Build Series kompyuterini namoyiş qildi, deb xabar bermoqda The Verge naşri.

Yangi kompyuter 2014 yilda namoyiş qilingan Razer kompaniyasining Project Christine kompyuteridan hamma qismlari ham mustaqil bloklarga ajratilmaganligi bilan farq qiladi. Revo Build’da bazaviy modul protsessor emas, balki Windows 10 operatsion tizimi örnatilgan, 8 Gb tezkor xotira, uçta USB-port, HDMI-port va audioraz'yomga ega kiçik ölçamdagi tayyor kompyuterdan iborat. Protsessorning ikkita varianti mavjud – Intel Celeron yoki Pentium. Blokning ölçamlari eni 12,5 sm, uzunligi 12, 5 sm va böyi 5,6 sm ni taşkil qiladi.

Modul arxitekturasidan maqsad kompyuterni takomillaştirişni soddalaştirişdan iborat. Qurilmaning imkoniyatlarini kengaytiriş uçun bazaga qöşimça modullarni örnatiş yetarli böladi. Ular bir-birining ustiga konstruktor detallariga öxşab qöyiladi. Bu modullar asosiy blokdan köra keçroq sotuvga çiqariladi, aniq sanasi aytilmagan. Modullar orasida 500 Gb li va 1 Tb li taşqi xotira, audiomudol, gadjyetlarni simsiz quvvatlaş uçun dok-stansiya va videokartali qöşimça blok böladi.

Bazaviy Revo Build Yevropada oktabrdan 200 yevro narxdan sotuvga çiqariladi. Qurilma ilk sotuvga çiqariladigan davlatlar orasida Afrika va Yaqin Şarq davlatlari ham bor.

Razer’ning Project Christine kompyuteri maşinani takomillaştiriş uçun kengroq imkoniyatlarni közda tutadi, biroq kompaniya yangi qurilmaning sotuvga çiqarilişi sanasini ma'lum qilmadi.