Ğarb matbuotida tarqalgan xabarlarga köra, Gollivud aktyori Bredli Kuper rossiyalik modeler Irina Şeykdan öziga turmuşga çiqişini söradi.
Wday.ru naşrining ma'lum qilişiça, Irina Şeyk aktyorning taklifiga rozilik bildirgan va töyga tayyorgarlikni boşlab yuborgan.
Şuningdek, uşbu juftlik tez vaqt içida Nyu-Yorkdan uy sotib olişni rejalaştirgani, Bredlining agenti ularga töğri keladigan variantlarni körib çiqayotgani aytilgan.
Bredli va Irinaning özi esa bu ma'lumotlarga heç qanday manosabat bildirmagan.
"Agar bu ma'lumotlar tasdiqlansa, Gollivud özining yana bir böydoq aktyoridan ayriladi", deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, Kuper va Şeyk uçraşayotgani haqida dastlab şu yilning aprel oyida miş-mişlar ularni myuziklga birgalikda kelişganidan keyin tarqala boşlagan, biroz ötib esa paparatstsi ularning birgalikdagi birinçi suratini tuşirişga olişga muvaffaq bölgan edi.
Yozda esa bu juftlikning munosabatlari jiddiyligi ma'lum qilingandi.






