AQŞ prezidenti Barak Obama Alyaska xalqlarini raqsini ijro etdi. ABC News’ning xabar berişiça, davlat rahbari Alyaskaga uyuştirilgan uç kunlik safarining yakunida Dillingxemdagi maktabga taşrif buyurgan. Öquvçilar unga mahalliy xalqlarning raqslari va qöşiqlaridan iborat tomoşa körsatişgan.
Bir qança nomerlardan söng ularning safiga Obamaning özi ham qöşilgan.
“Menda amaliyot bor”, - tan oldi AQŞ yetakçisi.
Raqs yakunlangaç, prezident bu yerga rafiqasi va qizlari bilan yana bir bora keliş niyati borligini aytgan.
“Unga qadar esa biz siz taqdim etgan baliqdan lazzat olamiz. Men lançga baliq tatib kördim. U juda yaxşi ekan”, - qöşimça qildi Obama.
Obama ilgari ham jamoat joylarida raqs tuşgan edi. Jumladan, Nayrobida Keniya rahbari Uxura Keniata bilan, şuningdek, Pensilvaniyada saylovoldi mitingi çoğida raqsga tuşgan edi.






