Samarqandda 1 sentabr, Mustaqillikning 24 yilligi nişonlanişi kuni töyga töyona sifatida tantanali ravişda yangi “Omega” savdo-köngiloçar markazi oçildi. Markaz özining faoliyatini barçamizga aziz va uluğ kun boşlaşga qaror qildi.
Hozirça markazning 1-qavati işlamoqda, 2-qavati bir neça oydan keyin işga tuşadi.
Markaz oçilişi qizil tasma qirqilişi bilan boşlandi. Savdo markazi rahbariyati Samarqand ahli va mehmonlarni özbek estradasi vakillari konserti bilan xuşnud qildi. Ikki qavatli savdo markazi binosi oldida markazga taşrif buyurganlar örtasida turli qiziqarli tanlovlar ötkazildi va ğoliblarga esdalik sovğalar topşirildi.

Söngra barça yiğilganlar savdo markazi içkarisiga taklif etildi. Umumiy maydoni 1300 kv metrni taşkil qiladigan markazning 1-qavatida katta assortimentdagi oziq-ovqat va yetakçi işlab çiqaruvçilarning mahsulotlaridan taşkil topgan qatorlar qad rostlagan.

Markazning ajralib turuvçi jihati şundaki, bu yerda oddiy “buxanka”dan tortib fransuz bagetlarigaça bölgan issiq non va qandolatçilik mahsulotlari xarid qiliş mumkin. Bu non va qandolatçilik mahsulotlari şu yerning özida “Omega bakery” nonvoyxonasida va qandolatçilik sexida tayyorlanadi.
Markaz direktori Dmitriy Latipovning ta'kidlaşiça, markazda 40 nafar samarqandlik yoşlar faoliyat yuritmoqda, ulardan köpçiligini kollej va oliy ta'lim muassasalari bitiruvçilari taşkil qiladi. Şuningdek, markazning ikkinçi qismining işga tuşirilişi böyiça taşkiliy masalalar hal qilinmoqda. Latipovning aytişiça, markaz nafaqat savdo-sotiqqa yönalgan, balki köngiloçar, barça yoşdagilar uçun qiziqarli bölişi kerak.
Markazning umumiy maydoni 1800 kv metrni taşkil qiluvçi 2-qavatida ovqatlaniş şaxobçalari, kafe, bolalar maydonçasi, öyin avtomatlari va kiyim-keçak, poyafzal, töqimaçilik mahsulotlari va boşqa mahsulotlar sotiladigan dökonlar joylaşadi.
Markaz ma'muriyatining ma'lum qilişiça, markaz oçilişining birinçi kuni unga minglab odam taşrif buyurdi. Ulardan 1105 nafari 6000 nomdagi mahsulot xarid qildi.






