Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanidagi “MARS Electronics” mas'uliyati çeklangan jamiyatida yangi rusumdagi yonğinga qarşi hamda elektron qöriqlaş qurilmalari işlab çiqarişni özlaştiriş böyiça işlar davom etmoqda. Bu haqda telegraf.uz naşri xabar bergan.
Yonğinga qarşi hamda elektron qöriqlaş qurilmalari ilgari faqat xorijdan import qilinar hamda korxona ularni röyxatdan ötkaziş, montaj qiliş va örnatiş bilan şuğullanardi. 2013-2016 yillarda Qaşqadaryo viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantiriş Dasturiga muvofiq mazkur qurilmalarning asosiy qismi “MARS Electronics”ning özida işlab çiqarila boşlandi. Faqat ba'zi ehtiyot qismlar korxonaning Rossiyadagi rasmiy hamkori - “Sokrat” kompaniyasidan keltirilmoqda. Işlab çiqarişni mahalliylaştiriş hisobidan 25ta yangi iş örni yaratildi.
"Mazkur moslamalarni zamonaviy axborot uzatiş texnologiyalariga töğridan-töğri ulaş mumkin. Şu bilan birga qurilmalar yordamida yuzlab kilometr masofadan turib muayyan obekt haqida töliq ma'lumot olib turiş imkoni mavjud. Juda yuqori darajadagi seziş qobiliyatiga ega bölgan bunday texnologiyalar hatto qöriqlanayotgan xonadon yoki muassasadagi namlik miqdori, harorat, tutun va boşqa belgilar haqida ham alohida axborot berib boradi", deydi korxonaning işlab çiqariş bölimi boşliği Abdurahmon Abdulhayev.
Ayni paytda korxonada mazkur qurilmalarni dasturlaşni ham özlaştiriş borasida qizğin iş olib borilmoqda. Joriy yil oxirigaça loyihani töliq amalga oşirib, keyinçalik nazorat-kassa maşinalari va taksometrlar işlab çiqarişni ham rejalaştirmoqda. Ayni paytda korxonaning Qaşqadaryo viloyatidagi 10ta hududida, Surxondaryoning Şerobod tumanida va Toşkent şahrida filiallari mavjud bölib, yilning ötgan davri mobaynida ular tomonidan korxona va taşkilotlarga, aholiga 4 milliard 300 million sömlikdan ortiq mahsulot yetkazib berildi va xizmatlar körsatildi.
Qayd etiş kerakki, “MARS Electronics” hozirça Özbekistonda yonğinga qarşi hamda elektron qöriqlaş qurilmalari işlab çiqarayotgan yagona korxona hisoblanadi.






