Jahonning 1-raqamli tennisçisi serbiyalik Novak Jokoviç AQŞ Oçiq çempionatining 2-davra uçraşuvidan keyin öz muxlisining u bilan birga raqsga tuşiş taklifiga bajonidil rozilik bildirdi. Bu haqda SB Nation naşri yozmoqda. 

Jokoviç avstriyalik tennisçi Andreas Xayder-Maurer ustidan ğalaba qozongandan keyin Arthur Ashe Stadium kortida intervyu berayotgan paytda kortga uning muxlisi yugurib çiqib, qölidagi futbolkani Jokoviçga tutqazdi va uni özi bilan raqs tuşişga çorladi. Sportçi ham özini yöqotib qöymasdan, tomoşabinlarning qarsaklari ostida unga monand raqsga tuşa ketdi.

Söngra muxlis Jokoviçga özi olib çiqqan “I love NY” (“Men Nyu-Yorkni sevaman”) degan yozuvi bölgan futbolkani kiygazib qöydi.

Jokoviç avstriyalik tennisçini 6:4, 6:1, 6:2 hisobida mağlub etdi. Jokoviçning keyingi raqibi musobaqada 25-raqamli tennisçi sifatida iştirok etayotgan italiyalik Andreas Seppi böladi.

Jokoviç 2011 yilgi US Open musobaqasining ğolibi hisoblanadi. 28 yoşli serb hisobida hammasi bölib “Katta dubulğa” seriyasida 12 ta ğalaba bor.

US Open tennis musobaqasi Nyu-Yorkdagi Milliy tennis markaziy kortlarida ötkaziladi. Musobaqa ikki hafta davom etadi.