Fransiya poytaxti Parij şahri ekologiyasini yaxşilaş maqsadida bir kun davomida avtomobillar harakati töxtatiladi, deya xabar bermoqda Mashable.
Aktsiya 2015 yilning 27 sentabr kuni soat 11:00dan 18:00ga qadar davom etadi. “Maşinalarsiz Parij” ekologik harakatining mazkur tadbirni ötkaziş taşabbusi şahar meri Anna Idalgo tomonidan qöllab-quvvatlandi.
Avtomobillarsiz kun şaxsiy avtotransportlardan voz keçişni tarğib qiluvçi Yevropa jismoniy harakatçanlik haftaligining davomi bölişi aytilmoqda.
Qayd etilişiça, aksiya vaqtida ayrim transport vositalari uçun şahar böylab harakatlanişga ruxsat beriladi. Masalan, favqulodda xizmatlar avtomobillari va taksilar.






