3 sentabr kuni Pekinning Tyananmen maydonida Xitoy xalqining Yaponiya militarizmi ustidan ğalabasi hamda Ikkinçi Jahon uruşidagi ğalabaning 70 yilligiga bağişlangan tantanavor harbiy parad uyuştirildi. Unga 12 ming harbiy xizmatçi va 500 texnika birligi, şuningdek, 200 samolyot jalb qilindi. Qiyos uçun, şu yili Moskvada bölib ötgan paradda 16 ming harbiy xizmatçi va 200 texnika birligi iştirok etgan edi.
1960 yilda Xitoyda ğalaba paradlarini har 10 yilda bir marotaba ötkaziş haqida qaror qabul qilingan edi. Oxirgi parad 2009 yilda ötkazilgan edi. Şunga qaramay, 2015 yilda 70 yilli yubiley munosabati bilan yana bir bor parad ötkazişga qaror qilindi.
Bundan taşqari, bu Xitoydagi boşqa davlatlar rahbarlari taklif qilingan birinçi parad böldi.
Xitoyga 50 davlat rahbarlari va vakillari, şuningdek, BMT boş kotibi Pan Gi Mun taşrif buyurdi. Tantanalarda Özbekiston prezidenti Islom Karimov ham qatnaşdi.
Harbiy parad yurişida boşqa davlatlar qurolli kuçlarining alohida qismlari qatnaşdi.
Boşqa köplab harbiy texnika namunalari qatorida, parad mehmonlari “aviataşuvçilar qotili” nomi bilan maşhur, 1 450 km masofadan nişonga uriş salohiyatiga ega Dongfeng-21D ballistik raketalarini ham körişi mumkin böldi.


















