Yevropada migratsion inqiroz kelib çiqişi “mutlaqo kutilgan holat edi”, deb hisoblaydi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
2015 yildan buyon Yevropaga Şimoliy Afrikaning ixtilof alangasida qolgan hududlaridan eng kamida 340 ming muhojir keldi.
Ekspertlarning fikriça, bu Ikkinçi Jahon uruşidan buyon Yevropada kuzatilayotgan eng mudhiş migratsion inqirozdir. YeI a'zolari uşbu muammoni hal qilişga turliça yondaşmoqda.
“Biz, Rossiya, xususan, kamtarin qulingiz, agar ğarblik hamkorlarimiz musulmon dunyosi davlatlarida, ayniqsa Yaqin Şarq, Şimoliy Afrika mintaqalarida yangliş taşqi siyosat yuritişda davom etsa, ular esa bunday siyosat yuritişni davom etmoqda, yirik miqyosli muammolar kelib çiqişini bir neça bor aytgan edik”, - ta'kidladi u Şarqiy iqtisodiy forum çoğida.
“Bu qanday siyosat? – sözida davom etdi Rossiya rahbari. – Öz standartlarini singdirişga uriniş, tarixiy va madaniy, diniy, milliy öziga xosliklarni inobatga olmaslik... Bu, birinçi navbatda, amerikalik hamkasblarimizning siyosatidir. Yevropa ittifoqçilik majburiyatlari doirasida bu siyosatga kör-körona ergaşadi, söng özi buning yukini zimmasiga oladi”.
Oq Uyning rasmiy vakili Joş Ernest Vaşington muhojirlar muammosini hal qilişda YeIga “texnik ekspertiza” taqdim etişga tayyorligini bayon qildi. AQŞning özi muhojirlarni qabul qilişga tayyor-tayyor emasligi haqidagi savolga javoban esa “YeI davlatlari uşbu muammoni mustaqil ravişda hal qiliş uçun yetarli imkoniyatlarga ega”ligini aytib ötdi.
Şuningdek, Putin aholi Suriyadan Başar Asad tufayli emas, IŞID terrorçilaridan qoçayotganini ma'lum qildi.
“Albatta, Suriyadagi voqealarga urliça yondaşuvlar borligini bilamiz. Darvoqe, odamlar Başar Asad rejimidan qoçmayapti. Ular IŞID qoçmoqda. Terrorçilar Suriya va Iroqda köp hududlarni egallab oldi. Öşa yerda vahşiyliklar avj oldi. Öşa yerdan qoçişyapti”, - ta'kidladi u.
Muallif: Eldor Asanov






