Kun.uz saytida Suriyadagi uruşdan qoçiş uçun ota-onasi va akasi bilan dengiz keçayotgan uç yaşarli Aylon ismli bolakayning suratlari va uşbu suratlar atrofida sodir bölgan voqea-hodisalar köplab ijodkorlarning tuyğularini junbuşga keltirdi. Kuni keça e'tiboringizga şu munosabat bilan çizilgan suratlarni havola etgan bölsak, bugun özbek havaskor va professional şoirlarining şe'rlarini taqdim etamiz.
Maqsadimiz bolakayning dardini dunyoga yoyiş, inson qalbida nozik gödakka nisbatan rahm-şafqat tuyğularini jöş urdiriş emas. Bugungi notinç dunyoning minglab, balki millionlar qurbonlaridan biri bölmiş Aylon haqidagi şe'r va ijod namunalari misolida özbek xalqining uruş va mojarolarga, har qanday qon tökişlarga butkul qarşi ekanligini körsatiş, yurtdoşlarimiz qalbida bugungi tinç va osoyişta kunlar uçun şukronalik tuyğularini yana bir bor alanga oldirişdan iborat. Quyida tahririyatimizga yuborilgan, ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan ana şunday şe'rlarning ayrimlarini havola qilamiz.

Aylanayin sendan, Aylonginam!

Issiq örning, par bolişing qani jonim?
Kimlar seni şunday köyga soldi bolam.
Sovuq suvning zarbasidan qaynar qonim,
Bağrim tilar, közim yoşlar ohu nolam.

Aylanayin böylaringdan, Aylonginam,
Munis, munçoq közlari jim, hayronginam!

Kas-nokaslar siğgan dunyo sohillarin,
Kelib-kelib, sen gödakdan qizğandilar.
Şaytonga el bölgan uruş “sohib”lari
Seni yengib bugun “zafar” qozondilar.

Dunyolarni sovğa qilgan Aylonginam,
Jasur, saxiy, nozikkina polvonginam!

Ey, keksalar, zaifalar qattollari!
Bolalarga uruş oçgan hezalaklar.
Iblis qavmin eng pastkaşu qalloblari,
Dastingizdan nobud murğak kapalaklar!

Kapalakdek uçmasmiding, Aylonginam,
Jannat hidi ketmagan gul rayhonginam!

Bolasini alqab deydi: asal-qandim,