Ma'lum bölişiça, oila boşliği kurd millatiga mansub, 40 yoşli Abdulla Kurdi suriyalik bölib, oilasi bilan 3 yil mobaynida Turkiyada yaşab kelgan. Abdulla Kurdi intervyusida oilasi bilan Yevropaga, u yerdan esa Kanadaga ketişni rejalaştirganini, sodir bölgan fojiadan söng endi bunga hojat qolmaganini ma'lum qilgan.

Turkiya sohillariga oqib kelgan 3 yoşli Aylan Kurdining otasi halokat oqibatida qurbon bölgan ikki nafar farzandi hamda rafiqasi Reyhan Kurdining jasadini dafn qiliş uçun öz şahri Kobaniga olib ketmoqçi ekanligini ma'lum qildi.

Şuningdek, Abdulla Kurdi Örta Yer dengizi orqali Gretsiyaga suzib ketişayotganidan 4 daqiqa ötib, qayiq boşqaruvçisining kuçli tölqinlar sabab vahimaga tuşişi va boşqaruvni yöqotib, ortga qaytiş uçun qayiqdan sakraşi oqibatida falokat sodir bölganligi töğrisida ham aytgan.

“Qayiq boşqaruvçisi bilan birga 13 kişi suzib ketayotgan edik. Kuçli tölqinlardan oilamni asrab qola olmadim. Öğillarim barça bolalar kabi dunyodagi eng şirin bolalar edi. Ular har ertalab men bilan öynaş uçun erta sahardan meni uyğotişar edi. Endi nima ham qilardim. Qattiq qayğudaman.”

Mazkur masala yuzasidan Turkiya hukumati Bodrum şahrida qoçoqlarni Yevropa mintaqasiga noqonuniy yöllar bilan, kema va qayiqlarda ötkazib qöyiş bilan şuğullanuvçi 4 nafar şaxsning hibsga olingani, ularning 3 nafari Turkiya va bir nafari Suriya fuqarosi ekanligi töğrisida bayonot bergan.

Abdulla Kurdining opasi Tima Kurdi OAVga bergan intervyusida ukasining oilasini Kanadaga çaqirib oliş uçun barça sa'y-harakatlarni qilgani, ammo hujjatlar Kanada hukumati tomonidan rad qilingani töğrisida aytgan.

Tima Kurdi ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan jiyanlarining suratlari ostiga "Yaxşi hayot izlab oğir falokatga uçragan ukamga hamdardlik bildiraman. Dunyoda insoniylik qoldimi? Bu norasidalar bunday fojiaga nomunosib edilar. Yuragim ezilib ketdi. Sizga fariştalar hamroh bölsin." deya izoh qoldirgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari mazkur köngilsiz voqeaga nisbatan öz munosabatlarini qoldirib, kimdir ularning Yevropa hududiga kirişlariga xayrixohligini bildirsa, kimdir muhojirlar sabab Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida yuzaga kelayotgan ijtimoiy muammolarni sanab ötgan. Şarh va izoh qoldirgan aksariyat internet foydalanuvçilari dunyoning insoniylikka muhtojligi, insoniy qadriyatlarni yana jonlantiriş kerakligini ta'kidlaşgan. Internet foydalanuvçilari tomonidan "Iroq va Şom davlati" jangarilari butun dunyoning millat va din tanlamas duşmani ekani, unga qarşi xalqlar birgalikda kuraşişi, oilasi va jamiyatining tinçligi uçun har bir şaxs mas'ul ekani takror va takror ta'kidlangan.