Amerikalik aktyor Stiven Sigal Vladivostokda bölib ötayotgan Şarqiy iqtisodiy forumga taşrifi doirasida bu yerda istiqomat qiluvçi urğoçi qoplonlardan biriga örta asrning buyuk sarkardasi Çingizxonning rafiqasining ismini berdi. Bu haqda “Zemlya leoparda” milliy boği matbuot xizmati xabar berdi.
Sigal Uzoq Şarq qoplonlari populyatsiyasini saqlab qoliş muammosidan xabar topib, bu masalaga jiddiy qiziqib qoldi. Aktyor 30-70 atrofidagi individning populyatsiyani saqlab qolişga yetmasligini ta'kidlab ötdi. Sigal yirtqiçlarga yordam beriş istagini bildirdi. Bunga javoban unga qoplonlardan biriga nom berib, uning “saqlovçisi”ga aylanişni taklif qilişdi. Aktyor Leo 16F raqamli urğoçi qoplonni tanlab, unga Queen Borte (qiroliça Borte) laqabini berdi.
Milliy boğ direktori Tatyana Baranovskaya taniqli aktyorning işi qoplonlar muammosiga jahon hamjamiyatining diqqatini tortişiga umid bildirdi.
Borte Çingizxonning birinçi rafiqasi bölib, uning 4 nafar öğli va 5 nafar qiziga onalik qilgan.






