Norvegiyalik yozuvçi va gumanist Byornsterne Byorn nomli nufuzli mukofot AQŞ maxsus xizmatlarining sobiq xodim Edvard Snoudenga taqdim etildi. Taqdirlaş marosimi Norvegiyaning Molde şahrida bölib ötdi, ammo unda Snoudenning özi iştirok etmadi.
Norvegiya adliya vazirligi Snouden Rossiya orqali Norvegiyaga kelgan taqdirda uning AQŞga ekstraditsiya qilinmasligiga heç qanday kafolat bera olmasligini ma'lum qildi, şu bois Snouden marosimga taşrif buyura olmadi.
Snouden videoaloqa orqali tadbir taşkilotçilariga minnatdorçilik bildirib, sud orqali Norvegiyaga boriş huquqini talab qilişini va bir yildan söng öziga tegişli mukofotni olib ketişini aytdi.
Mukofot 2004 yilda joriy qilingan bölib, adabiy va falsafiy qaraşlarni yoyiş, şuningdek, Byornson ruhida söz erkinligini himoya qiliş uçun topşiriladi. Premiyaning pul mukofoti 100 ming krona yoki 12 ming dollarni taşkil qiladi.






