Bundan roppa-rosa 17 yil muqaddam — 1998 yilning 6 sentabr kuni Xalqaro kuraş assotsiatsiyasiga asos solingan edi. Şundan söng milliy sport turi hisoblangan kuraş yildan-yilga öz nufuzi va qamrovini oşirib, dunyoga tanilib bordi. Dunyoning barça qit'alarida, köplab mamlakatlarda kuraş federatsiyalari taşkil etildi. Yuzlab nufuzli xalqaro musobaqalar taşkil etildi. Bugungi kunga kelib jahonning 122ta davlatida kuraş federatsiyalari faoliyat olib borib, mazkur mamlakatlarda minglab kuraşçilar yetişib çiqmoqda.


Kuraşning sport turlari orasida öz örnini topib, dunyo miqyosida tobora şuhrat qozonib borayotgani, har yili 6 sentbr sanasida Xalqaro kuraş kunining nişonlanayotgani könglimizga bir olam faxr va iftixor tuyğularini baxş etadi.
Xalqaro kuraş assotsiatsiyasining bayroği yana köplab sport majmualari uzra hilpirab, özbekça “halol”, “çala”, “yonboş” singari sözlar yangrayversin, barçamizda uşbu sana muborak bölsin!
Kun.uz sayti tahririyati