Tojikiston mudofaa vazirining sobiq örinbosari, isyonçi general-mayor Abduhalim Nazarzodaning ukasi Mirzohayot Nazarov hukumat kuçlariga taslim böldi. Bu haqda mahalliy IIB matbuot markaziga tayangan holda Interfaks agentligi xabar berdi.
“Abduhalim Nazarzoda boşçiligidagi jinoiy guruh a'zosi bölgan, 1972 yili tuğilgan Mirzohayot Nazarov guruhni taşlab ketib, hukumat kuçlariga taslim böldi”, - deyiladi rasmiy xabarnomada.
Ayni paytda uni taslim bölişga undagan sabab ma'lum emas.
4 sentabr kuni Nazarov “jinoyatlar sodir etgani uçun” degan sabab bilan öz lavozimidan böşatildi. Şundan söng u akasining guruhiga qöşilgan edi.
Ayni paytda Nazarzoda öz tarafdorlari bilan Romitda yaşirinmoqda. Uni qölga oliş böyiça operatsiya davom etmoqda.
General Nazarzodaning ukasi taslim böldi
17:32 / 06.09.201514 2191 min






