Odessa viloyati hokimi Mixeil Saakaşvili ukrainalik oligarx Igor Kolomoyskiyning ayblovlariga javob berdi. Ularning bahsi Facebook sahifalarida bölib ötmoqda.
Ilgariroq Kolomoyskiy Gruziyaning sobiq prezidentini itga öxşatgan edi. Bunga javoban siyosatçi tijoratçini Rossiya prezidenti Vladimir Putinga öxşatdi.
“Ukraina oligarxati, Putin kabi, Ukraina davlatining tiklanişiga xalaqit bermoqda va siyosiy korrupsiyaning birlamçi manbasi bölib qolmoqda”, - deb yozdi Saakaşvili öz sahifasida.
“Oligarx meni itday uxlatib qöyişni taklif qildi, - sözida davom etdi u. - Meni sotib ololmaganlaridan keyin oligarxatga xos keyingi ssenariyga ötdi – tahdidlar. Öylaymanki, Ukraina xalqi yaqinda bu bezorilik ön yilliklari qoldiqlariga öz örnini körsatib qöyadi”.