Rossiyaning Tuva respublikasidagi transformator stansiyalaridan birida sodir bölgan avariya natijasida 12 ming kişi elektr ta'minotisiz qoldi. Bu haqda mahalliy favqulodda xizmat sayti orqali xabar qilindi.
Çiroq Qizil şahri va Kaa-Xem tumanida öçib qolgan. Elektr ta'minotisiz qolgan obektlar içida bolalar boğçasi va maktab bor. Avariya oqibatlarini bartaraf qiliş uçun turli joylarga umumiy quvvati 1.2 mVt bölgan 13ta dizel generatorlari yuborilgan.