2013 yilda professional futboldan ketişga qaror qilgan Devid Bekhem nihoyat öziga yangi kasb tanladi. U aktyorlik karerasi yölidan bormoqçiligini ma'lum qildi.

Bundan avval Devid reklama roliklari, qisqa metrajli film, hattoki ikki bor badiiy filmda tölaqonli rol ijro etgan bölsa, endilikda u özini kinematografiya sohasiga töliq bağişlamoqçi.

U öz maqsadini quyidagiça izohladi: “Men köpçilik sportçilar va boşqa maşhur şaxslar kinoda öynaşga qaror qilsa, qattiq tanqidlar ostida qolib ketişini yaxşi tuşunaman. Bu oğir kasb, unda mahorat va tartib-intizom zarur. Şu sababli hali köp öqişim va malaka oşirişim kerak”.

Bekhemning sözlariga köra, sportdagi karerasi uni ehtimoliy qiyinçiliklarga ançagina tayyorlab qöygan.

Ma'lumot örnida, Devid Bekhem yaqindagina öz dösti Gay Riçining “A.N.K.L. agentlari” filmida rol ijro etgan edi.
Viktoriya va Devid Bekhemlarning katta öğli Bruklin ham özini sportda emas, balki san'atda sinab körmoqçi ekanini malum qilgan edi.

“Men futbolni sevaman, lekin fotografiya va kino meni köproq öziga jalb etayapti. Umid qilamanki, maktabni tamomlaşim bilan AQŞda san'at va fotografiyani örgana olaman”, – degan u.