“Darakçi” gazetasi öz an'anasiga sodiq qolgan holda navbatdagi sonida ham öziga xos reyting e'lon qildi. Uşbu reyting eng injiq özbek aktrisalari beştaligidan iborat böldi. Reyting natijalariga köra “injiq” deb topilgan aktrisalar bunday ta'rifga öz munosabatlarini bildirib ötişdi.

Rayhon Ulasenova, aktrisa:

“Stsenariy yoqmasa, meni öşa filmda suratga tuşişga heç qanaqasiga köndirib bölmaydi. Eng katta talabim esa filmda işlaydigan har bir kişi suratga oliş maydonçasiga öz vaqtida kelsin. Punktualligim sabab köpinça boşqalarning mas'uliyatsizligidan ranjiyman. Şunga qaramay, bir soat kutişim mumkin, lekin undan u yoğiga sabr qilib ötirmayman”.

Nigora Karimboyeva, aktrisa:
“Qat'iy tartibni yoqtiraman. Suratga oliş aytilgan vaqtda boşlanib, belgilangan vaqtda tugaşi şart. Çunki işlarimni soatma-soat belgilayman. Va kun tartibiga rioya qilaman. Işga bölgan munosabatni ham qadrlayman. Hangoma aytib, kulişib ötirib, vaqt ketkazadiganlarni yomon köraman. Rejissyorga qöyadigan talabim – aktrisa sifatida mendan nima istaşini töliq bayon qilib, vazifani töğri berişi kerak. Xohlaganingizça öynayvering deydigan rejissyorlar bilan kelişolmayman”.

Muqaddas Holiqova, Özbekiston xalq artisti:
“Avvalo ssenariyni öqib çiqib, ma'qul kelsagina suratga tuşişga rozi bölaman. Suratga oliş maydonçasida biror fikr tuğilib qolsa, uni rejissyorga asoslab berib, kinokartinaga qöştirişga muvaffaq bölaman... Boşqalarni grim qilgan pardoz anjomlarini menga işlatişlarini istamayman. Pardoz anjomlarim singari liboslarimni ham özim olib boraman”.

Zulxumor Möminova, Özbekistonda xizmat körsatgan artist:
“Birinçi talabim – professionalizm! Buning ortida avvalo qilayotgan işiga bölgan munosabat turadi. Ijodiy jamoada rejissyordan to yordamçilarga öz kasbining ustasi bölişini istayman. Şundagina işning natijasi yuzaga çiqadi”.