Britaniyadagi maşhur yodgorlik –Stounxenj ostidan neolit davriga oid diniy inşoot topildi. U 4.5 m gaça bölgan toşlardan taşkil topgan.
Monolitlar 90 sm çuqurlikdan radarlar yordamida topildi.

Arxeologlarning fikriça, qadimda ular aylanma şaklida bölmay, töğri çiziqni taşkil qilgan va ziyoratçilarga yöl körsatkiç vazifasini bajargan. Bu topilma haqida The Telegraph naşri yozdi.
Topilma Stounxenj yaqinidagi va öşa davrga oid Darrington Uolls yodgorligi örnida topildi.
“Bu Yevropadagi eng yirik megalitik inşootlardan biridir, u 4 ming yil davomida sir bölib keldi. Biz bu toşlarning mineral tarkibini hozirça bilmaymiz. U teatral effekt berişga, odamlarni hayron qoldirişga qaratilgan”, - dedi loyiha rahbari Vins Gefni.