Marvel komiks olamining maşhur qahramoni – Xalkning egosi özgaradi. Endilikda Xalkning asl ismi Benner emas, kelib çiqişi koreyalik bölgan 19 yoşli Amadey Ço böladi. Bu haqda Comic Book Resources naşri yozmoqda.
Ço ilk bora 2006 yili Amazing Fantasy Vol. 2 bölimida çiqqan edi. U aqlli, sergap, kelib çiqişi koreyalik bölgan ösmir edi. Şuningdek, u Xalkning muxlisi hisoblanardi. Uning obrazini ssenariynavis Greg Pak va rassom Frenk Ço işlab çiqqan edi.
Yangi Xalk, ta'kidlanişiça, eskisidan farq qiladi. Şu bilan birga, eski Xalk – Bryus Bennerning tarixi tugamaydi. U komikslarda endi boşqa qiyofada paydo böla boşlaydi.
Komikslar kuz oylarida çiqarila boşlanadi.






