Belgiya va Fransiyadan bölgan 6 ming nafardan ortiq fermerlar Bryussel şahrida namoyiş uyuştirişdi. Ular Yevropa Ittifoqidan ikki mamlakatning çegara hududida joylaşgan fermerlarga moliyaviy yordam ajratişini talab qilişmoqda. Bu haqda Le Soir naşri xabar bergan.
Mahalliy manbalarning xabar berişiça, norozi fermerlar namoyişga traktorlarda kelişgan. Ayni vaqtda ular Bryusselda joylaşgan Yevropa Ittifoqi kengaşi va Yevrokomissiya ofislari joylaşgan binolarni örab olişgan. Namoyişçilar politsiyaçilarga tuxumlar va maş'alalar uloqtirişmoqda. Ular şuningdek, bino oldida poxol uyumlarini yoqişgan.

Ayni vaqtda Yevropa Ittifoqining a'zolari bölgan 28 davlatning qişloq xöjalik vazirlari mavjud vaziyatdan çiqiş masalalarini muhokama qiliş uçun favqulodda yiğiliş ötkazmoqda. Bu davlatlarning qişloq xöjaligi sohasida Rossiyaga eksportning taqiqlangani tufayli inqiroziy holat yuzaga kelgan. Inqiroz ayniqsa, sut va sut mahsulotlari işlab çiqaruvçi fermerlarga jiddiy zarar yetkazgan.

Biroz oldinroq, Yevrokomissiya sanksiyalardan jabr körgan fermerlarga yordam körsatiş muddatini keyingi yilning iyuliga surişga qaror qilgandi.







