Buxoroda Özbekiston mustaqilligining 24 yilligiga bağişlab kuraş böyiça kattalar örtasida xalqaro turnir bölib ötdi. Bu haqda UzA xabar bergan.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat va sport işlari vazirligi tomonidan taşkil etilgan turnirda Özbekiston, Turkmaniston, Qozoğiston hamda Qirğizistondan kelgan 100 nafardan ziyod polvon öz vazn toifasida ğoliblik uçun gilamga tuşdi.

Qizğin keçgan bahslarda özbekistonlik 16 nafar, Qozoğiston hamda Qirğizistondan bir nafardan polvon turnirning finaliga yöllanma oldi.

Özbekistonlik polvonlardan birinçi bölib Rahmon Jumayev gilamga tuşdi. U qozoğistonlik Saydali Eslijanni mağlubiyatga uçratdi.

Şuningdek, Özbekiston vakillari Şahram Ahadov, Abbos Jalolov, Ruslan Boltayev, Mirkomil Turobov, Erkin Doniyorov, Muhsin Hisomiddinov, ayollar örtasida Nodira Gulova va Muhayyo Ibrohimova oltin medalga sazovor böldi.