Tan olinmagan “Donbass xalq respublikasi” ayirmaçilari öz nazoratlari ostidagi hududlarda qazib çiqarilgan kömirni Ukrainaning qolgan qismiga yetkazmaslikka qaror qildi. Bu haqda mahalliy axborot agentligi xabar berdi.

Ayirmaçilarning aytişiça, dastlab rasmiy Kiyev ularga yoqilği va temir yöl transporti ehtiyot qismlari yetkazib berişni boşlaşi lozim. Bu talab bajarilmaguniga qadar kömir yetkazmalari masalasi töxtatib turiladi.