Ericsson kompaniyasi 2015 yilning 2-çoragi uçun Ericsson Mobility Report hisobotining navbatdagi naşrini taqdim etdi.
Unga köra, joriy yilning 1 aprelidan to 30 iyuniga qadar 53 mlndan ortiq yangi mobil ulanişlar qayd etilib, umumiy ulangan SIM-kartalar soni 7,2 mlrd.ga yetdi. Aslida dunyo böyiça mobil aloqadan foydalanuvçi abonentlar soni 4,9 mlrd.ni taşkil qiladi, biroq ularning ba'zilari 2 va undan köproq SIM-karta işlatişadi.
Uşbu muddat içida yangi abonentlar sonining köpligi böyiça Hindiston (12 mln) birinçi örinni egalladi. Undan keyingi örinlarni Myanma (5 mln), Nigeriya (4 mln), AQŞ (4 mln) va Bangladeş (3 mln) egalladi.
Bundan taşqari, HSPA (keng polosali mobil internet) tarmoqlariga ulangan yangi abonentlar soni 140 mln nafarni taşkil qildi.
Şuningdek, LTE tarmoğiga yangi ulangan abonentlar 115 mln.ni taşkil etib, ularning umumiy soni 740 mln.dan oşdi.
Mobil trafik oxirgi yil davomida 55 foizga ösib, hozirda dunyo böylab bir oy davomida mobil aloqa foydalanuvçilari 4 eksabayt (4 mln terabayt) trafik işlatişmoqda.






