Yevropaning yetakçi beşta çempionatlari futbol klublari – Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Ispaniya – yozgi transfer oynasi davomida futbolçilar sotib oliş uçun 2,39 mlrd dollar mablağ sarflaşdi. Bu haqda hisobot FIFA rasmiy saytida e'lon qilingan.

Hujjatga köra, Yevropaning beşta yetakçi mamlakatlari klublarining yozgi transfer oynasi davomida sarflagan mablağlari 2014 yil bilan soliştirganda 2 foizga ösgan. Şuningdek, bir futbolçining örtaça transfer narxi 2014 yildagi 5,5 mln dollardan 2015 yilda 5,7 mln dollarga oşgan.

Eng köp xarajat qilgan ligalar içida Angliya çempionati yetakçilik qilmoqda. Tumanli Albion jamoalari joriy yil yozda futbolçilar sotib oliş uçun jami 996 mln. dollar sarflaşgan. Bu boşqa yetakçi çempionatlar sarflagan mablağdan ikki baravardan köproq körsatkiç sanaladi. Ispaniyada bu yilgi körsatkiç 2014 yilga qaraganda 23 foizga qisqarib, 495 mln. dollarni taşkil qilgan. Fransiyada esa ötgan yil bilan soliştirganda ösiş sur'ati 65 foizga – 270 mln. dollargaça.

Şuningdek, hisobotda kuçli beşlik çempionati jamoalarining sotib olingan futbolçilar soni böyiça 2013 yil bilan soliştirganda 4 foizga ösib, 1340 ta transferni taşkil qilgan.

Transfer oynasi iştirokçilarining örtaça yoşi ham ötgan yilgiga nisbatan bir oyga yoşargan va 23 yoş 9 oyni taşkil qilmoqda.