Indoneziya energetika vaziri Sudirman Saidning ma'lum qilişiça, mamlakat şu yilning dekabrida OPeKka a'zo böladi. Bu haqda Jakarta Globe xabar bergan.

"Biz OPeK boş kotibiyatidan rasmiy tasdiqnoma oldik. Kotibiyat a'zolari Indoneziya qaytadan taşkilotning tölaqonli a'zosi bölişiga rozilik bildirişgan", deydi vazir.

Indoneziya Janubiy-Şarqiy Osiyodagi eng yirik neft yetkazib beruvçilardan biri hisoblanadi.

Ma'lumot uçun, Indoneziya 2009 yilning 1 yanvarida OPeKning a'zolari safidan çiqarilgandi. Şundan söng, bu mamlakat taşkilotda kuzatuvçi maqomida qolgandi.

Indoneziya hukumati neft qazib olişni köpaytirişni rejalaştirmoqda. Ayni paytda mamlakat kuniga 830 ming barrel neft işlab çiqaradi.