KXDR rahbari Kim Çen In Suriya prezidenti Başar Asadga uning 50 yillik yubileyi munosabati bilan tabrik telegrammasi yubordi.

TASS naşri mahalliy manbalarga asoslanib xabar berişiça, Suriya rahbari 11 sentabr kuni 50 yoşga töladi.

Kim Çen In Başar Asadga soğliq tilagan va Suriya xalqining jangarilar bilan kuraş yakunida ğolib çiqişi hamda mamlakat suvereniteti saqlab qolinişiga işonç bildirgan.

Tabrik telegrammasida qayd etilişiça, KXDR hukumati va xalqi Suriyani qöllab-quvvatlaydi.

Kim Çen In öz tabrigida Başar Asadga öz işlarida muvaffaqiyat tilagan.