Inson zoti borki xato qiladi. Xato qiluvçilarning eng yaxşisi esa undan töğri xulosa çiqarib, qayta takrorlamaslikka harakat qiladiganlaridir. Ammo bir neça toifa insonlar borki, ular omma e'tibori ostida bölganlari uçun ham xato-kamçiliklarga imkon qadar yöl qöymasliklari lozim. Xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlangan bugungi kunimizda maşhur san'atkorlar, sportçi yoxud boşqa şaxslarning arzimas xatosi ham katta şov-şuvlarga, tanqidu daşnomlarga sabab bölaveradi. Ularning “Axir biz ham oddiy insonmiz, bilib-bilmay xato qilişimiz mumkin”, degan sözlari jamiyat tomonidan bir ovozdan qabul qilinavermaydi.
Estrada xonandasida Lola Yöldoşevaning ham keng omma köz öngida jamiyatimiz könikmagan qiyofada namoyon bölgani keskin tanqid ostiga olindi. Uning şarqona mentalitet qon-qoniga singib ketgan muxlislar oldida tanasining katta qismini oçgan holda çiqişi, uning ustiga, noloyiq xatti-harakatlarni sodir etgani nafaqat oddiy odamlar, balki köpni körgan, hayotning oğir-yengil sinovlarida toblangan kişilar, ziyolilarning ham e'tirozlariga sabab böldi. Iş “Özbeknavo” estrada birlaşmasi tomonidan uning qonuniy faoliyat olib borişini çeklovçi qaror qabul qilinişi, ya'ni litsenziyasining tugatilişiga qadar borib yetdi.
Lola Yöldoşeva özi mansub bölib turgan özbek jamiyatining tartib-qoidalari, odob-axloq mezonlariga qarşi borgani uçun rasmiy sahnalardan olib taşlanganidan söng öz aybini tuşunib yetgan körinadi. Bir oz muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan uning gastrol safarlarida tuşgan suratlari, Mudofaa vazirligi tomonidan uning nomiga bitilgan taşakkurnoma xonandaning öz aybini yuviş uçun harakat qilayotganidan darak beradi göyo. Ayni şu maqsadda biz “Özbeknavo” estrada birlaşmasiga murojaat qildik.

Foto: Instagram.com

Foto: Facebook.com

Lisenziya bölimi boşliği Odiljon Abduqahhorovning kun.uz`ga ma'lum qilişiça, Lola Yöldoşeva estrada birlaşmasiga ariza bilan murojaat qilib, yöl qöygan kamçiliklaridan puşaymon ekanini bildirgan. Şu sababli ayni paytda xonanda yurtimizning turli çekkalarida taşkil etilayotgan davlat konsert dasturlarida iştirok etib kelmoqda. Birgina 4 sentabr kunining özida Lola Yöldoşeva Samarqand viloyatidagi beşta konsert tadbirida iştirok etgan (Mazkur tadbirlar töğrisida xonanda “Instagram” ijtimoiy tarmoğida ham surat va xabarlar qoldirgan).