Qaşqadaryolik firibgar ikki kişining maşinasini sotib yuborib, pullarini işlatib yuborganlikda ayblandi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Asli qaşqadaryolik bölgan 30 yoşli Sodiq Pirmatov firibgarlik uçun muqaddam sudlangan va majburiy mehnatga tortilgan edi. Jazoni ötab bölgaç, u Toşkentga kelib, maşina bozorida “faoliyat” boşladi. Dastlab yangi orttirgan tanişlaridan birining Lacetti maşinasini 18 ming dollarga, yana bir şaxsning Nexia avtomobilini 38 mln sömga sotib yuborib, bu pullarni işlatib yubordi. Maşina egalariga esa ulovlarni özi sotib olganini va bir yil davomida pullarni tölab borişini aytdi.
Maşina egalari pul qaytarilişini bir yil kutişdi, natija bölmagaç, militsiyaga murojaat qilişdi.
Körilgan çoralar natijasida firibgar jazoga tortilib, fuqarolarga yetkazilgan moddiy zarar undirib berildi.






